Ayrilamiz 作曲 : Azimov Sarvar Yurgan bu yo‘lim, Har bosgan qadamim O‘z so‘zimga bo‘ysunmas. Ko‘zlarimni ochib Atrofimga boqsam, Go‘yo hech narsa ko‘rinmas. Bilaman, men bugun So‘nggi bor ko‘rish uchun Sening oldingga boraman. Ich-ichimdan yonib, Umidlarga to‘lib Ko‘zlaringga bir boqaman. Mana, bugun ayrilamiz, yengilamiz Taqdirning bir sinoviga. Negadir men so‘zlaringda, ko‘zlaringda Afsuslar hech ko‘rmayapman. Tonglar uyg‘onsam ham, Qayg‘uga botsam ham Faqat seni sog‘inaman. Sensan xayolimda, Har o‘tar kunimda, Bir seni o‘ylab yashayman. Bilaman, men bugun So‘nggi bor ko‘rish uchun Sening oldingga boraman. Ich-ichimdan yonib, Umidlarga to‘lib Ko‘zlaringga bir boqaman. Mana, bugun ayrilamiz, yengilamiz Taqdirning bir sinoviga. Negadir men so‘zlaringda, ko‘zlaringda Afsuslar hech ko‘rmayapman. Bilaman, men bugun So‘nggi bor ko‘rish uchun Sening oldingga boraman...