Sevgi Mahzun 作词 : Shahzoda 作曲 : Shahzoda Hijron kechasi, Visol ko‘chasi, Armonga cho‘kkan yor... Baxt ko‘rinmas, Quvonch sezilmas, Bu dardini bilmaydi yor. Bu ishq chin sevgi-la gulzor, Yurak qayg‘u ila bemor, Bu kech ishq, ko‘zlari zebo, Sog‘inch-la ko‘zlaring xumor. Sevgi mahzun, sevgi afsun, Bu kech ishq, ko‘zlari maftun, Sevgi mahzun, sevgi afsun, Nega, ishq, ko‘zlaring yum-yum? Gohi bir hasrat, Gohi shirin baxt, Tuyg‘umsan betakror. Sensiz yasholmas, Sendan ketolmas, Yuragim sening-la bor. Bu ishq – ishq atalmish gulzor, Unda gulning tikanlari bor. Bu kech ishq, ko‘zlari zebo, Sog‘inch-la ko‘zlaring xumor. Sevgi mahzun, sevgi afsun, Bu kech ishq, ko‘zlari maftun, Sevgi mahzun, sevgi afsun, Nega, ishq, ko‘zlaring yum-yum? Sevgi ko‘zi ojiz, Sog‘inch tinimsiz Tunlar davomiy qiynaydi, yo-o, Mehringga to‘lgan, Doim sen-la bo‘lgan, Sening-la yashar dillarim bor. Sevgi – gohida qayg‘u-g‘am, Sevgi – shirin bir dard-alam, Sevgi – ba'zida go‘zal gul, Sevgi – guli tikanli gul, Sevgi – asli bir dunyo, Sevgi – xayol emas, ro‘yo, Sevgi – tuyg‘udir ilohiy, Sevgi abadiy! Sevgi mahzun, sevgi afsun, Bu kech ishq, ko‘zlari maftun, Sevgi mahzun, sevgi afsun, Nega, ishq, ko‘zlaring yum-yum?