Kechalar Yonadi, yonadi, Qalbim ichra yonadi dard! Men o‘zimdan bunchalik Sevgini kutmagandim faqat. Bilmadim, yuragim Menga bo‘ysunmaydi hecham. Sen meni qandayin olamga Tashlading, jonginam! Yonimga sen kelgandan so‘ng Tunu kunimning mazmuni sensan! Sendadir xayol! Xayolimdagi xayol sendadir, Sendadir xayol! Kechalari yoqimli, yoqimli, Kechalari sehrli, sehrli, Kechalari orzuli, orzuli, Senga bo‘lgan sevgimning! Kechalari yoqimli, yoqimli, Kechalari sehrli, sehrli, Kechalari orzuli, orzuli, Senga bo‘lgan sevgimning! Nigohing menda ko‘p Bo‘lgan ekan, sezilmasdi menga. Nahotki bu olov Menga yongan bo‘lsa dilingda?! Sen eding yonimda, Lekin yonolmasdim, har damda O‘zimni izlardim Sen mendan yashirgan so‘zingda. Yonimga sen kelgandan so‘ng Tunu kunimning mazmuni sensan! Sendadir xayol! Xayolimdagi xayol sendadir, Sendadir xayol! Kechalari yoqimli, yoqimli, Kechalari sehrli, sehrli, Kechalari orzuli, orzuli, Senga bo‘lgan sevgimning! Kechalari yoqimli, yoqimli, Kechalari sehrli, sehrli, Kechalari orzuli, orzuli, Senga bo‘lgan sevgimning!