Muhabbat Bu Qani men oyga aylansaydim, Tunlari termulib tursam… Qaniydi tonglar uygʻonganda Yonimda, yor, seni koʻrsam. Bir koʻz yumsam, bir koʻz ochsam, Tanho sen yonimda boʻlsang. Bir koʻz yumsam, bir koʻz ochsam, Doim boʻlsang… Naqarot: Bu muhabbat to abad Yuragimda joylangan, Bu muhabbatdir faqat, U sening-la yaralgan. Qaniydi sening koʻzlaringning Kiprigi ostida tursam, Atrofimdagi bu roʻyoni Sening koʻzing bilan koʻrsam. Bir koʻz yumsam, bir koʻz ochsam, Tanho men yoningda boʻlsam. Bir koʻz yumsam, bir koʻz ochsam, Doim boʻlsam… Naqarot: Bu muhabbat to abad Yuragimda joylangan, Bu muhabbatdir faqat, U sening-la yaralgan. Bu muhabbat… Bu muhabbat…