52 Vatandosh Hotirasiga 作词 : Sardor Mamadaliyev 作曲 : Sardor Mamadaliyev 52 bolang yondi daf’atan E voh, kulga qanday o'raysan kafan? Ona bo'l, boshingga oq ro'moling yop Ota bo'l, belingni bog'la jon Vatan! Biri o'g'lonmidi kuyov bo'lmagan Biri yigitmidi farzand ko'rmagan? Endi yetim qolgan go'daklaringni Otasi bo'l, qalqoni bo'l jon Vatan! ♪~Musiqa~♪ 52 bolang yondi daf’atan E voh, kulga qanday o'raysan kafan? Ona bo'l, boshingga oq ro'moling yop Ota bo'l, belingni bog'la, jon Vatan! 52 o'g'lon yondi daf’atan Samolar zirillab ketdi faryoddan Darvoza ochildi to'g'ri Jannatdan Og'a bo'l, yelkangga tobutlarni ort Singil bo'lib faryod ayla, jon Vatan! 52 o'g'lon ketdi daf’atan ♪~Musiqa~♪ Nogoh alangaga burkanganda tan Kalima keltirib ulgurdimikan? “O'zbekman” deganning jon yuragidan 52 qabr kavla, jon Vatan! O'g'lonlaring ko'kka ketdi daf’atan Biri o'g'lonmidi kuyov bo'lmagan Biri yigitmidi farzand ko'rmagan? Endi yetim qolgan farzandlaringni Otasi bo'l, qalqoni bo'l, jon Vatan! O'g'lonlaring ko'kka ketdi daf’atan 52 o'g'lon yondi daf’atan…