Aldana Tunlar uyquda orom bilmaydi, Eh, nega bu sevgi buncha qiynaydi Yostig`ini qucha tinmay yig`laydi, Aldana, aldana bir qiz yig`laydi. Aldana, aldana bir qiz yig`laydi, (x2) Xotira, xotira qalbini tirnaydi. Sevgini, sevgini tinmay qarg`aydi, Sevmaydi, endi hech kimni sevmaydi. (x2) Ahdini buzgan yolg`on oshiqdan kuygan, Tun kecha ishqida qiynala zardoblar yutgan. Qizgina yig`lar, yulduzlar unsiz yig`lar, Jo`r bo`la, jo`r bo`la osmonlar yig`lar. Qizgina dardini hech kim bilmaydi, Bilmaydi, bilmaydi. Aldana, aldana bir qiz yig`laydi, Yig`laydi, yig`laydi. Aldana, aldana bir qiz yig`laydi, Xotira, xotira qalbini tirnaydi. Sevgini, sevgini tinmay qarg`aydi, Sevmaydi, endi hech kimni sevmaydi. (x2)